Og‘ir atletikachilarimiz “10th Qatar Weightlifting Cup” turnirida qatnashmoqda
Bugun, 19 dekabr kuni erta tongda mamlakatimiz og‘ir atletikachilari Qatarning Doha shahrida o‘tadigan “10th Qatar Weightlifting Cup” turniriga yo‘l oldi.
An’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan yilning so‘nggi nufuzli musobaqasida mamlakatimizning 9 nafar og‘ir atletikachisi o‘z vazn toifalarida sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib boradi.

“10th Qatar Weightlifting Cup” turnirida tajribali og‘ir atletikachilarimiz Adhamjon Ergashev, Muhammadqodir Toshtemirov, Nigora Suvonovalar bilan bir qatorda yosh sportchilarimiz Munisa Odilova, Mashhura Rustamova, Abdulaziz Alimjonov, Amir Abdullayev Doha bahslarida o‘z omadini sinovdan o‘tkazadi.
Bugun kun davomida Doha musobaqalari oldidan texnik qo‘mita yig‘ilishi, vazn o‘lchash tadbirlari tashkil etilsa, ertadan musobaqalarga start beriladi.
Turnir 27 dekabrga qadar davom etadi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA