Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Og‘ir atletikachilar uchun antidoping seminari tashkil etildi
10:44 / 2025-06-25

Xalqaro sport musobaqalarida yuqori natijalarga erishishda antidoping qoidalariga amal qilish muhim omil sanaladi.

Mamlakatimizda professional sportchilarni, terma jamoalarni dopingdan himoya qilish, jahon va qit’a chempionatlarida munosib ishtirok etishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida sport federatsiyalarida tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Kuni kecha O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi tomonidan terma jamoa sportchilari va murabbiylari uchun Xalqaro test agentligi (ITA) hamda Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi (IWF) ekspertlari ishtirokida o‘tkazilgan antidoping seminari ayni maqsadlarga qaratilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.

–Onlayn tarzda tashkil etilgan seminarda Olimpiya o‘yinlari g‘oliblari, jahon chempionlari Ruslan Nuriddinov, Akbar Jo‘rayev kabi tajribali sportchilar bilan bir qatorda, bir guruh yoshlarning qatnashgani kelgusida xalqaro sport maydonlarida o‘tadigan nufuzli musobaqalarda yutuqlarga erishishga xizmat qilishi shubhasiz, – deydi terma jamoa bosh murabbiyi Bahrom Mendiboyev.

Seminar davomida mamlakatimiz sportchilari va murabbiylariga taqiqlangan moddalarning xususiyatlari, tegishli dori-darmonlardan foydalanish tartibi, mashg‘ulot va musobaqalar davomida doping test olish jarayonlari, halollik tamoyillariga amal qilishning muhim jihatlari xususida zarur tushunchalar berildi.

T.Ro‘ziyev,

O‘zA