Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Og‘ir atletika: Xalqaro musobaqalar hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga xizmat qilmoqda
10:24 / 2025-04-08

Keyingi paytda mamlakatimizda o‘tkazilayotgan chempionat va birinchiliklarga xorijiy mamlakat terma jamoalari tomonidan qiziqish ortib bormoqda.

Kuni kecha Chirchiq Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida og‘ir atletika bo‘yicha kattalar va yoshlar o‘rtasida boshlangan "Uzbekistan open– 2025" turniri ham bundan mustasno bo‘lmadi.

Nufuzli musobaqa orqali o‘z mahoratlarini oshirish hamda o‘zbekistonlik og‘ir atletikachilardan tajriba olish maqsadida Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Tojikiston, Turkiya, Ozarbayjon kabi davlatlarning polvonlari "Uzbekistan open– 2025"da qatnashmoqda.

"Uzbekistan open–2025" musobaqasining tantanali ochilish marosimida ishtirok etgan sport vaziri o‘rinbosari, mamlakat og‘ir atletika federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Shahrillo Mahmudov, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori Rashid Matkarimov, Toshkent viloyati sport boshqarmasi boshlig‘i Rustam Boboqulov musobaqa ahamiyati haqida so‘z yuritib, xorijlik sportchilarning yurtimizda o‘tkazilayotgan turnirlarda qatnashayotgani xalqlarimiz o‘rtasida do‘stlik rishtalari mustahkamlanib borayotganining yorqin dalili bo‘lish bilan birga, sportchilarning xalqaro tajribasi oshishiga salmoqli hissa qo‘shishini ta’kidladi.

Birinchi kungi bellashuvlar sarhisobiga ko‘ra, hamyurtlarimizdan Nurbek To‘xtayev, Og‘abek Nafasov, Muxlisa Boltayeva, Munisa Odilova, turkmanistonlik Gulzoda Xudoyberdiyeva, qozog‘istonlik Snejana Kashkarova kabi sportchilar g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy olishdi.

Musobaqalar 13 aprelga qadar davom etadi.

T.Ro‘ziyev,

O‘zA