Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Og‘ir atletika: Ruslan Nuriddinov chempionlik bahslariga kirishadi
16:37 / 2024-12-14

Bugun, 14 dekabr kuni Bahrayn poytaxti Manama shahrida og‘ir atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasida davom etayotgan jahon chempionatining to‘qqizinchi kunida sport ishqibozlari hamyurtimiz, Olimpiya o‘yinlari g‘olibi Ruslan Nuriddinovning chiqishlarini kuzatib boradi.

Yevropa davlatlaridan 168, Amerika qit’asidan 125, Afrika mamlakatlaridan 38, Okeaniya mintaqasidan 5 nafar og‘ir atletikachi qatnashayotgan jahon chempionatining bugungi bahslarida Nuriddinovdan tashqari terma jamoamiz a’zolari Sharofiddin Amriddinov va Tursunoy Jabborova o‘z omadini sinovdan o‘tkazadi.

Ruslan Nuriddinov va Sharofiddin Amriddinov -109 kilogramm, Tursunoy Jabborova -87 kilogramm og‘irlikda supachaga chiqadi.

Eslatib o‘tamiz, ertaga yakunlanadigan jahon chempionatining ortda qolgan kunlarida sportchilarimizdan Muhammadqodir Toshtemirov -81 kilogrammda kumush va bronza, Sarvarbek Zafarjonov -89 kilogrammda bronza medalini qo‘lga kiritdi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA