Og‘ir atletika: Riginaning muvaffaqiyati, Ruslan chempionatdagi ishtirokini boshlamoqda
Janubiy Koreyada og‘ir atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasida davom etayotgan Osiyo chempionatida mamlakatimiz sportchilari munosib natijalarni qayd etmoqda.
Kecha ayollar o‘rtasida 87 kilogramm og‘irlikda o‘tkazilgan musobaqada yurtimiz sharafini munosib himoya qilgan Rigina Adashbayeva kumush va bronza medallarga ega chiqdi.
2021 yilning sentyabr oyida yengil atletika sport turidan og‘ir atletika bilan shug‘ullanishga o‘tgan Rigina qit’a chempionatining dast ko‘tarish mashqida 103 kg bilan kumush medalga ega chiqqan bo‘lsa, siltab ko‘tarishda 127 kg natija ko‘rsatdi va ikkikurashda 230 kg bilan bronza medali sohibiga aylandi.
Bugun, 12 may kuni qit’a chempionatining 109 kilogramm vaznidagi bahslarda hamyurtimiz, Olimpiya o‘yinlari va jahon chempionati g‘olibi Ruslan Nuruddinov medallar uchun kurashga kirishadi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA