French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Og‘ir atletika: Qit’a chempionatidagi medallarimiz soni 9 taga yetdi
10:32 / 2022-10-12

Bahraynda davom etayotgan og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatidan xushxabarlar kelishi davom etmoqda.

29 ta mamlakat sportchilari ishtirok etayotgan musobaqada 73 kg vazn toifasida bahs olib borgan Doston Yoqubov dastlab dast ko‘tarish mashqida 140 kilogramm ko‘rsatkich bilan bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Shundan so‘ng siltab ko‘tarishda 182 kilo va ikki kurash natijasiga ko‘ra, 322 kilogramm toshni buysindirgan holda musobaqaning oltin medallarini qo‘lga kiritdi. 

Joriy yilning 16 oktyabrigacha davom etadigan chempionatda Doston Yoqubovning 2 ta oltin hamda 1 ta bronza medallariga sazovor bo‘lishi O‘zbekiston terma jamoasining umumiy medallar sonini 9 taga yetkazdi. Shundan 5 ta oltin, 4 ta bronza.

Bugun, 12 oktyabr kuni qit’a chempionatining navbatdagi bahslarida hamyurtlarimizdan Muhammadqodir Toshtemirov va Og‘abek To‘xtayev 81 kilo og‘irlikda medallar uchun kurashga kirishsa, 89 kilogramm vaznda ishtirok etayotgan yosh sportchimiz Xojiakbar Odilov saralash bahslarida qatnashadi.

To‘lqin Ro‘ziyev,  
O‘zA