Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Og‘ir atletika: Nigora Abdullayeva jahon chempionati sovrindori
11:33 / 2024-09-22

Shu kunlarda Ispaniyaning Leon shahrida yoshlar o‘rtasida jahon chempionati bahslari davom etmoqda.

Dunyoning eng mahoratli sportchi yoshlari ishtirok etayotgan jahon chempionatida yurtimiz yosh og‘ir atletikachilari ham munosib natijalarga erishmoqda.

Jahon chempionatining ayollar o‘rtasida -59 kilogramm vazn toifasining “A” guruhida g‘oliblik uchun kurash olib borgan hamyurtimiz Nigora Abdullayeva dast ko‘tarishda 93 kilo, siltab ko‘tarishda 115 kilo, ikki kurash natijasiga ko‘ra, 208 kilogramm ko‘rsatkichga erishdi. Bu esa iste’dodli yosh og‘ir atletikachimizning siltab ko‘tarishda kumush va ikki kurashda bronza medaliga ega chiqishini ta’minladi.

O‘g‘il bolalar o‘rtasida -67 kilogrammda yurtimiz sharafini himoya qilgan Diyorbek Ro‘zmetov dast ko‘tarishda 135 kilo bilan kuchlilar orasida 4-, siltab ko‘tarishda 160 kilogramm bilan 6- va ikki kurashda 295 kilogramm natija bilan 5-o‘rindan joy oldi.

Bugun, 22 sentyabr kuni jahon chempionatining navbatdagi bahslarida terma jamoamiz a’zosi Hasanboy Matrasulov -73 kilogrammdagi kurashlarda o‘z omadini sinab ko‘radi.

Chempionat musobaqalari 27 sentyabrga qadar davom etadi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA