Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Og‘ir atletika: jahon chempionatida nima sababdan ikki nafargina sportchimizning ishtirok etishiga izoh berildi
10:41 / 2025-10-06

Ma’lumki, shu kunlarda Norvegiyaning Forde shahrida og‘ir atletika bo‘yicha navbatdagi jahon chempionati bahslari davom etmoqda.

"Rio-2016", "Tokio-2020" va "Parij-2024" Olimpiadasida g‘oliblikka erishgan Olimpiya o‘yinlari, jahon chempionati g‘olib va sovrindorlari ishtirok etadigan  yilning eng nufuzli musobaqasida mamlakatimiz sharafini faqat terma jamoamiz a’zolari Ruslan Nurudinov va Akbar Jo‘rayev himoya qiladi.

Chempionatda terma jamoamizning qolgan a’zolari ishtirok etmasligini O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi quyidagicha izohladi.

"Joriy yilgi jahon chempionati va noyabr oyida Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida bo‘lib o‘tadigan “Islom birdamligi” o‘yinlari orasidagi tanaffus atigi bir oyni tashkil qilayotgani, sportchilarimizning jismoniy tayyorgarligi va optimal sport formasini saqlab qolish maqsadida murabbiylar shtabi qatoriga ko‘ra, jahon chempionatida faqat ikki nafar vakilimiz – Ruslan Nurudinov va Akbar Jo‘rayevning ishtirok ettirish to‘g‘risida qaror qabul qilgan.

Hozirda terma jamoamizning qolgan a’zolari barcha e’tiborini “Islom birdamligi” o‘yinlariga qaratib, tayyorgarlikni davom ettirmoqda", deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, R.Nurudinov va A.Jo‘rayev jahon chempionatida 110 kilogramm vazn toifasidagi bahslarda ishtirok etadi.

Ular ishtirokidagi bahslar 10 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA