Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Og‘ir atletika: Hamkorlik aloqalari yangi bosqichga ko‘tarilmoqda
10:27 / 2024-10-14

Davlatimiz rahbarining 2024 yil 20 martdagi “Og‘ir atletika sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, “Toshkent-2025” yoshlar Osiyo o‘yinlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi bilan O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Ma’lumki, Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi mamlakatimizdagi yetakchi sport ta’lim muassasalaridan biri hisoblanadi. O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi va Markaz o‘rtasidagi memorandumni imzolash marosimida federatsiya bosh kotibi O.Mahmudov hamda Markaz direktori A.Mamadaliyev ishtirok etdi.  

Ta’kidlash joiz, ushbu hujjat markazda tahsil olayotgan yosh og‘ir atletikachilarga terma jamoa sportchilari bilan hamkorlikda musobaqalarda va o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida ishtirok etish imkonini beradi. Shu bilan birga, milliy terma jamoa tarkibiga iqtidorli yoshlarni jalb qilish imkoniyatini ham yaratadi.  

Imzolangan ushbu memorandum mamlakatimizda og‘ir atletika sport turini yanada rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi va yaqin kelajakda yangi jahon hamda Olimpiya o‘yinlari chempionlari yetishishiga zamin yaratadi.  

T.Ro‘ziyev,  

O‘zA