Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Og‘ir atletika: dopingga qarshi kurashda hamjihatlik muhim ahamiyatga ega
15:41 / 2025-12-21

Xalqaro testlash markazi va O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi hamkorligida “Dopingga qarshi kurash” mavzusida tashkil etilgan vebinarda viloyat va milliy terma jamoalarning 70 nafardan ortiq sportchilari hamda ularning murabbiylari ishtirok etdi.

Vebinar davomida ishtirokchilarga dopingga qarshi kurash sohasidagi asosiy tushunchalar va amaliy bilimlar yetkazildi. Jumladan, sportda qat’iy mas’uliyat prinsipi tushuntirilib, dopingga oid 11 ta asosiy qoidabuzarlik va ularning kimlarga taalluqli ekani muhokama qilindi.

Shuningdek, sportchilarni dori-darmonlar va biologik qo‘shimchalarni tekshirish jarayonida qo‘llab-quvvatlash, qo‘shimcha vositalar bilan bog‘liq xavf-xatarlar hamda doping qo‘llanishining huquqiy va sport faoliyatiga salbiy ta’siri haqida so‘z yuritildi.

Sportchilarning o‘rgangan bilimlarini mustahkamlash, faol xabar berishning roli va ahamiyati, shubhali holatlar yuzaga kelganda qayerga murojaat qilish va kimdan maslahat olish mumkinligi bo‘yicha aniq yo‘riqnomalar taqdim etildi. 

Tadbir yakunida ishtirokchilarning savollariga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar berildi va dopingga qarshi madaniyatni shakllantirish sportchilar va murabbiylarning ustuvor vazifasi ekanligi ta’kidlandi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA