Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Og‘ir atletika: Diyorbek Ermatov jahon chempioni! 
06:46 / 2024-09-25

Ispaniyaning Leon shahrida yoshlar o‘rtasida o‘tayotgan jahon chempionatining -89 kilogramm vazn toifasi “A” guruh bahslarida ishtirok etgan hamyurtimiz g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarildi.

Ushbu vazn toifasida vatanimiz sharafini himoya qilgan Diyorbek Ermatov dast ko‘tarishda 162 kilo natija bilan oltin medalga sazovor bo‘ldi. Hamyurtimiz siltab ko‘tarishda 186 kilogramm bilan 5-o‘rin va ikki kurash sarhisobiga ko‘ra, 348 kilogramm ko‘rsatkich bilan 4-o‘rin sohibiga aylandi. 

-81 kilogramm vazn toifasida ”A” guruhi bahslarida ishtirok etgan terma jamoamiz a’zolaridan Abdulaziz Alimjonov va Hayitboy Abdushukurov eng kuchli yosh og‘ir atletikachilar orasida yettinchi va sakkizinchi pog‘onalardan joy egalladi. 

25 sentyabr kuni -81 kilogramm vaznda ayollar o‘rtasida o‘tadigan bahslarda terma jamoamiz a’zosi Nigora Suvonova o‘z omadini sinovdan o‘tkazadi. 

T.Ro‘ziyev, O‘zA