French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Og‘ir atletika: Chempionlarning munosib izdoshlari bor
21:42 / 2022-03-20

Xivada og‘ir atletika bo‘yicha davom etayotgan O‘zbekiston chempionatining birinchi va ikkinchi kungi dasturlaridan o‘rin olgan vazn toifalarida g‘olib va sovrindorlar ma’lum bo‘ldi.

Chempionat dasturiga binoan dastlabki kunlarda “Tokio – 2020” olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi Adhamjon Ergashev, 2021 yilgi jahon chempioni Doston Yoqubov, yoshlar va kattalar o‘rtasida jahon chemponatlari sovrindorlari Muhammadqodir Toshtemirov, Sarvar Zafarjonov, Kumushxon Fayzullayeva kabi nomdor og‘ir atletikachilar ishtirokidagi bahslar zo‘r qiziqish bilan bo‘lib o‘tdi. 

Kutilganidek, Xiva supachasida kechgan murosasiz bahslar ularga munosib qarshilik ko‘rsata oladigan yoshlar yetishib kelayotganligini ko‘rsatdi. 

67 kg vaznda Adhamjon Ergashev ikkikurash natijasiga ko‘ra, 310 toshni buysindirgan holda g‘olib chiqqan bo‘lsa, ushbu vaznda Adhamdan 5 yosh kichik bo‘lgan 2004 yilda tavallud topgan Xasanboy Berdiyev va Nodir Ergashevlar tajribali sportchiga munosib qarshilik ko‘rsatib, 2 va 3-o‘rinlarni egallashdi. 

Xuddi shuningdek, 73 kg og‘irlikda chempionlikni tantana qilgan Doston Yoqubovga undan 6-7 yosh kichik bo‘lgan Musharraf Rahimov hamda Asadbek Narimonov munosib raqobat qila bilishganligi yurtimizda chempionlarning munosib izdoshlari kamolga yetayotganligini ko‘rsatdi.

21 mart – chempionatning so‘nggi kunida Rio va Tokio olimpiadasi g‘oliblari Ruslan Nurudinov hamda Akbar Jo‘rayev Xiva sport maydonida O‘zbekiston chempionligi uchun kurashadi.

To‘lqin Ro‘ziyev, 
O‘zA