French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Og‘ir atletika: Bugun Ruslan Nuriddinov va Akbar Jo‘rayev maydonga chiqadi
11:27 / 2021-12-16

Xabar berganimizdek, bugun, 16 dekabr kuni Toshkentda og‘ir atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasida o‘tayotgan jahon chempionatining eng qiziqarli bahslaridan biri bo‘lib o‘tadi.

Nafaqat O‘zbekiston, balki dunyo og‘ir atletika ishqibozlarining diqqat-e’tibori bugun 109 kilogramm og‘irlikda o‘tadigan bellashuvlarga qaratiladi.

Unda so‘nggi 2016 yilgi Rio olimpiadasi g‘olibi va rekordchisi Ruslan Nuriddinov hamda Tokio-2020 chempioni Akbar Jo‘rayev 86-jahon chempionatining oltin medali uchun kurash olib boradi.

Aytish lozimki, ushbu vaznda armanistonlik Simon Martirasyan va boshqa kuchli og‘ir atletikachilar ular bilan raqobatlashishi shubhasiz. Biroq, chempionat bahslarini kuzatib borayotgan tajribali mutaxassislarning ta’kidlashicha, asosiy kurash Ruslan va Akbar o‘rtasida kechishini, ularga Armaniston vakili Martirasyan kuchli qarshilik ko‘rsatishini e’tirof etishmoqda. Shuningdek, chempionat jarayonida yangi kashfiyotlar ham ko‘rinish berishi ehtimoldan yiroq emas.

Eslatib o‘tamiz, mamlakatimiz sport faxri bo‘lgan Ruslan Nuriddinov va Akbar Jo‘rayev ishtirokidagi bahslar chempionat dasturiga binoan bugun, 16 dekabr soat 16:00 ga belgilangan.

To‘lqin Ro‘ziyev, 
O‘zA