Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Og‘ir atletika bo‘yicha Vetnam terma jamoasi Tokio Olimpiadasidan chetlashtirildi
10:23 / 2020-11-23

Og‘ir atletika bo‘yicha Vetnam terma jamoasi Tokio – 2020 yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok eta olmaydigan bo‘ldi. Boisi ushbu mamlakat sportchilarining o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida topshirgan doping tahlillari musbat natija ko‘rsatgan.

Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qoidaga ko‘ra Olimpiya kvalifikatsiyasi davrida 3 yoki undan ko‘p sportchisida doping aniqlangan terma jamoa Tokio Olimpiadasidan chetlatiladi. Shu paytgacha Misr, Tailand, Malayziya og‘ir atletika jamoalari Tokio Olimpiadasini o‘tkazib yuborishi aniq bo‘lgan edi. Shuningdek, Ruminiya va kolumbiyalik og‘ir atletikachilarning ham ishtiroki so‘roq ostida turibdi.

Ma’lumot uchun, og‘ir atletika bo‘yicha Vetnam terma jamoasi Pekin – 2008 Olimpiadasida kumush, London – 2012 Olimpiya o‘yinlarida esa bronza medalini qo‘lga kiritgan.

 

O‘zA