English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Og‘ir atletika: 2026 yildan O‘zbekiston chempionatlari yangi tartib asosida o‘tkaziladi
11:56 / 2026-01-24

Mamlakatimizda raqamlashtirish, elektron hujjat yuritish tartibida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida sport musobaqalarini tashkil etishda shaffoflikka erishilmoqda.

Kuni kecha O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi joriy yildan boshlab mamlakat chempionatlarini tashkil etish, ishtirokchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish hamda hujjatlarni topshirish jarayonlari tubdan yangilanganligini e’lon qildi.

Endilikda respublika miqyosidagi barcha musobaqalarda ishtirok etish uchun sportchilar va jamoalar faqat elektron tizimlar orqali ro‘yxatdan o‘tkazilishi belgilandi.

Musobaqa ishtirokchilarining talabnomalar “ERP sport” hamda u-entry.uz platformalari orqali belgilangan tartibda topshirilishi nazarda tutildi.

Mazkur tartib musobaqalarni tashkil etishda shaffoflikni ta’minlash, hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonini soddalashtirish hamda tartib-intizomni kuchaytirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

T. Ro‘ziyev, O‘zA