Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Og‘ir atletika: 2023-2025 yilgi chempionatlar taqvimi Toshkentda tasdiqlandi
14:33 / 2021-12-24

Xabar berganimizdek, mamlakatimiz poytaxti Toshkentda og‘ir atletika bo‘yicha yakunlangan jahon chempionatidan so‘ng, Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasining kongressi o‘tkazildi.

Kongress davomida bir qator masalalar ko‘rib chiqildi. Jumladan, Xalqaro olimpiya qo‘mitasi bilan kelgusidagi manfaatli munosabatlar, 2024 yilgi Parij olimpiadasida og‘ir atletika sport turining vazn toifalari, qit’aviy og‘ir atletika konfederatsiyalarining ish faoliyati bo‘yicha hisobotlar tinglandi va tegishli hujjatlar tasdiqlandi.

O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Shaxrulla Mahmudovning bildirishicha, kongressda og‘ir atletika bo‘yicha kelgusi yillardagi jahon chempionatlari taqvimi ham muhokamalar markazida bo‘ldi hamda tegishli qarorlar qabul qilindi.

Unga ko‘ra, 2023 yilgi o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionati Albaniyada, yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati Meksikada va kattalar o‘rtasidagi jahon chempionati Saudiya Arabistonida o‘tkazilishi ovoz berish natijasida tasdiqlangan.

O‘smirlar o‘rtasidagi 2024 yilgi jahon chempionatiga Peru, yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatiga esa Ispaniya mezbonlik qiladigan bo‘ldi. 2025 yili kattalar o‘rtasida o‘tadigan 88-jahon chempionati esa Norvegiya davlatida o‘tikazilishi belgilandi.
 

To‘lqin Ro‘ziyev,O‘zA