Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Og‘ir atletika: 19 yoshli Tursunoy Jabborovaning jahon chempionatidagi muvaffaqiyati
21:33 / 2021-12-16

Xabar berganimizdek, poytaxtimizda og‘ir atletika bo‘yicha davom etayotgan jahon chempionatida 109 kg vaznlarda iste’dodli sportchilarimiz Akbar Jo‘rayev va Ruslan Nuriddinovning oltin va kumush medallarga sazovor bo‘lishi, 19 yoshli Tursunoy Jabborovaga ham ilhom bag‘ishladi.

U bugun 16 dekabr ukchki payti dastlab qizlar o‘rtasida 87 kg vazn toifasidagi bahslarning dast ko‘tarish kurashlarida 108, 111 va so‘nggi urinishda 113 kg toshni bo‘ysundirib, ushbu vaznda chempionatning haqiqiy yetakchisi ekanligini isbotladi.

Tursunoy dast kutarishda eng yaqin raqibasi bo‘lgan jahon og‘ir atletikasining mazkur vazndagi yetakchilaridan biri  mangoliyalik Munxjansan Anxsetsegni 4 kg.ga ortda qoldirishga erishdi. Bu esa, terma jamoamiz hisobiga kichik oltin medalni qo‘shib qo‘yilishiga olib keldi.
Siltab ko‘tarishda bo‘lsa, Tursunoy avvaliga barcha raqiblarini ortda qoldirayotgandi. Biroq so‘nggi daqiqalarda ancha tajribali bo‘lgan mongoliyalik Munxjansan siltab ko‘tarishda 250 kg natijaga erishib, yetakchiligini namoyish etdi.

Mazkur yo‘nalishda Tursunoy Jabborova 131 kg toshni o‘ziga bo‘ysindirdi. Yakunda 244 kg natija qayd etgan hamyurtimiz ikki kurash bo‘yicha jahon chempionatining kumush medalini qo‘lga kiritdi.
87 kilogramm vazndagi bahslar yakuniga ko‘ra, 1 o‘rin manogoliyalik og‘ir atletikachi qizga nasib etgan bo‘lsa, 2-o‘rinni hamyurtimiz Tursunoy Jabborova qo‘lga kiritdi. Norvegiya vakilasi Solfrid Koanda 3-o‘rinni egalladi.
Ertaga, 17 dekabr kuni 86-jahon chempionatining so‘nggi kunida Toshkentda jam bo‘lgan dunyo og‘ir atletikachilari erkalar o‘rtasida +109 kilogrammda, ayollar bo‘lsa +87 kg.da medallar uchun kurashishadi.

E’tiborli jihati, ertangi bahslarda yana bir yosh og‘ir atletikachimiz, 19 yoshli Mirxosil Mirzaboyev ertalabki saralash bellashuvlarida ishtirok etadi. Agar, u ertalabki bahslarning muvaffaqiyatli o‘tkazsa, kunning ikinchi yarmida jahon chempionatining sovrinli o‘rinlari uchun jahon chempionati supasiga kutarilish ishmoniga ega bo‘ladi.

To‘lqin Ro‘ziyev, O‘zA