FOTOREPORTAJ
17 dekabr sanasida buyuk tafakkur egasi, ulkan shoir, hassos tarixchi, zabardast tarjimon, davlat arbobi Muhammadrizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiy tavallud topganiga 215 yil to‘ldi. Ogahiy Xiva xonligi davrida turkiy tilda eng ko‘p bitilgan nazmiy va nasriy asarlarning muallifi, turkiy til tarjimonlik maktabining peshqadami edi.
[gallery-20945]
Urganch davlat universiteti Filologiya va san’at fakulteti tashabbusi bilan an’anaviy tarzda o‘tkazilib kelinayotgan “She’riyat shohsupasi” ko‘rik-tanlovining mazkur final bosqichi Ogahiy siymosiga bag‘ishlandi.
Tadbirni universitet birinchi prorektori D. Ibadullayev kirish so‘zi bilan ochib, shoir shaxsi va uning ijodiy mahorati borasida fikrlarini bildirdi.
Tanlovda fakultetning 8 nafar talabasi o‘zaro bellashdi. Shuningdek, mazkur ko‘rik-tanlovning finalining ikkinchi qismi rus tili ta’lim yo‘nalishi talabalari o‘rtasida Aleksandr Pushkin ijodi yuzasidan o‘tkazilib, unda talabalar o‘z bilim va salohiyatlarini namoyish etdi.
Yakunda talabalar – Anaxon Botirova hamda Olesya Mutallapova mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritib, universitet tomonidan bazaviy stipendiya miqdorining 10 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlandi.
Badiiy qismda Ogahiy hayoti va ijodini tarannum etuvchi she’r, kuy va qo‘shiqlar, go‘zal raqslar, sahna ko‘rinishlari ijro etildi.
Behzodbek SAIDOV(surat),O‘zA