English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ogʻir atletikachilarimiz Xitoyda, ertaga ilk vakilimiz supachaga chiqadi
12:19 / 2019-04-20

Bugun Xitoyning Ninbo shahrida ogʻir atletika boʻyicha Osiyo chempionati bahslari rasman start oladi.


Bugun Xitoyning Ninbo shahrida ogʻir atletika boʻyicha Osiyo chempionati bahslari rasman start oladi.

Musobaqa oldidan esa anʼanaga koʻra bu yerda Osiyo ogʻir atletika federatsiyasining qator yigʻilishlari oʻtkazildi.Ushbu tadbirlar doirasida federatsiyaning Ijroiya qoʻmitasi, ilmiy-amaliy, murabbiylar va hakamlar qoʻmitalari yigʻilishi, shuningdek, tashkilotning navbatdagi Kongressi ham boʻlib oʻtdi.

Unda Osiyo va Xalqaro ogʻir atletika federatsiyalari mutasaddilari ishtirok etdi. Mazkur tadbirlarda Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi raisining 1-oʻrinbosari, Osiyo ogʻir atletika federatsiyasi vitse-prezidenti Shahrullo Mahmudov ham qatnashdi.

Joriy yilgi Osiyo chempionati bahslarida Oʻzbekiston sharafini 6 nafar sportchi himoya qiladi. Vakillarimizning dastlabki chiqishi ertaga boshlanadi va unda Adhamjon Ergashev (-67 kg) chempionlik uchun supachaga chiqadi.

photo_2019-04-20_13-20-28.jpg

Garchi ushbu qitʼa chempionatini Ruslan Nuriddinov va Rustam Jangaboyev singari yetakchi atletlarimiz oʻtkazib yuborsa-da, shunisi eʼtiborliki, tarkibdan oʻrin olgan barcha sportchilarimiz oʻz vazn toifalarida medallarga asosiy daʼvogarlardan sanaladi.

20-28 aprel kunlari oʻtkaziladigan kattalar oʻrtasidagi Osiyo chempionati Tokio-2020 olimpiadasiga qimmatli reyting ochkolarini taqdim etadi. Shu sababli musobaqada “sariq qitʼa”ning eng kuchli atletlari gʻoliblik uchun bahs olib boradi.

Osiyo chempionatida ishtirok etuvchi sportchilarimiz tarkibi:

Erkaklar:

-67 kg: Adhamjon Ergashev

-73 kg: Doston Yoqubov

-102 kg: Sunnatilla Oʻsarov

-109 kg: Akbar Joʻrayev

Qizlar:

-55 kg: Muattar Nabiyeva

-87 kg: Dolera Davronova