Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Og‘ir atletikachi Ruslan Nuriddinovning olimpiadadagi natijasi bekor qilindi
14:22 / 2019-05-28

Har ikki sportchi 2012 yili Londonda bo‘lib o‘tgan Olimpiada bahslarida doping qabul qilganlikda ayblanmoqda.


Sport arbitraj sudining antidoping bo‘limi (CAS ADD) belaruslik Nikolay Novikov hamda O‘zbekiston vakili Ruslan Nuriddinovni antidoping qoidalarini buzishda aybdor, deb topdi. Bu haqda www.xabar.uz sayti xabar beradi. Har ikki sportchi 2012 yili Londonda bo‘lib o‘tgan Olimpiada bahslarida doping qabul qilganlikda ayblanmoqda.

Avvalroq Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi o‘tgan yilning dekabr oyida Novikov va Nuriddinovni musobaqalardan chetlatgani haqida xabar bergandik. O‘shanda Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi tomonidan sportchilarning doping tahlili qayta tekshirilgandan so‘ng shunday qaror qabul qilingan edi.

Xabarda aytilishicha, Ruslan Nuriddinovning doping tahlilida taqiqlangan degidroxlormetiltestosteron moddasi topilgan bo‘lsa, Novikovda degidroxlormetiltestosteron va stanozolol aniqlangan.

Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi joriy yilning aprel oyida har ikki ishni sport arbitraj sudiga ko‘rib chiqish uchun bergan edi. Ushbu ishni ko‘rib chiqqan hakam Nuriddinov va Novikov antidoping qoidalarini buzgan, deb topdi hamda ularning London olimpiadasida qayd etgan natijalari bekor qilindi. Xabar qilinishicha, xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi ushbu ishni ko‘rib chiqishda davom etadi.

Eslatib o‘tamiz, Ruslan Nuriddinov London olimpiadasida 105 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida ishtirok etgan va 4-o‘rinni qo‘lga kiritgan edi. Novikov esa 85 kilogrammgacha vaznda 7-o‘rinni egallagan.

Hozircha hamyurtimizning London-2012 olimpiadasidan keyin qo‘lga kiritilgan barcha medallari o‘ziga tegishli bo‘lib turibdi.