Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Og‘ir atletika: Akbar Jo‘raev ham JChdauchta oltin medalga sazovor bo‘ldi
11:45 / 2019-06-07

Avval xabar berganimizdek, shu kunlarda Fiji orollari poytaxti Suva shahrida og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.


Avval xabar berganimizdek, shu kunlarda Fiji orollari poytaxti Suva shahrida og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.

Musobaqaning yettinchi kungi bahslari dasturida terma jamoamizning yana bir a’zosi, umidli sportchimiz Akbar Jo‘raev supachaga chiqdi.

U musobaqada 109 kg.gacha vazn toifasida ishtirok etib, dast ko‘tarish bahslarida 182 kg, siltab ko‘tarishda esa 216 kg. va ikki kurash natijasida umumiy 398 kg. natija qayd etdi. Shu tariqa hamyurtimiz dast ko‘tarish bahslarida o‘zining eng yaqin ta’qibchisidan 7 kilogrammga, siltab ko‘tarishda esa 6 kilogrammga o‘zib ketdi. Ikki kurashda esa u kumush medal sohibiga aylangan Janubiy koreyalik Sungun Xvanni naqd 14 kiloga ortda qoldirdi. Natijada Akbar Jo‘raevga jahon chempionatining uchta oltin medalini qo‘lga kiritdi va bu borada jamoadoshi Adhamjon Ergashevning natijasini takrorladi.

E’tiborlisi, yoshlar o‘rtasida JChga terma jamoamiz atigi ikki nafar sportchi bilan jo‘nab ketgandi. Guvohi bo‘lganingizdek, ikki atletimiz umumiy hisobdja O‘zbekistonga 6ta (!) oltin medal taqdim etdi.

Yoshlar o‘rtasida JCh. Fiji, Suva.

Erkaklar, -109 kg.
1. Akbar Jo‘raev (O‘zbekiston) – 398 kg (182 kg + 216 kg)
2. Sangun Xvan (Janubiy Koreya) – 384 kg (174 kg + 210 kg)
3. Daniil Vagaitsev (Rossiya) – 381 kg (175 kg + 206 kg)
Quvonarlisi, hamyurtlarimiz ushbu g‘alabalari bilan Tokio-2020 olimpiadasi uchun ham qimmatli reyting ochkolarini qo‘lga kiritdi.