FOTOREPORTAJ
Poytaxtimizdagi “JAR” sport-sog‘lomlashtirish majmuasi stadionida O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi Axbor Imomxo‘jayev xotirasiga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan an’anaviy futbol turniri qizg‘in pallaga kirib boryapti.
Kecha turnirning 3-turi boshlandi. Unda 3 ta uchrashuv bo‘lib o‘tdi: «Sport TV» – «O‘FA» 6:2, «Markaziy sektor» – «O‘FF» 0:13, «Paxtakor» - «Sulola» 1:1.
[gallery-25416]
Bugun turnirning qolgan 3 ta uchrashuvi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan edi. Ammo jamoalar iltimosiga ko‘ra, «O‘zPFL» hamda «MOQ» uchrashuvi oldindan o‘tkazildi. Asosiy vaqtda jamoalar durang (2:2) natija qayd etdi. Penaltilar seriyasida esa olimpiya qo‘mitasi 7:6 hisobi bilan g‘alaba qozondi va 8 ochko bilan «B» guruhi yetakchisiga aylandi. Bugun guruhning qolgan 2 ta o‘yini bo‘lib o‘tadi. «Tong» - «Sports.uz» va «Championat.asia» - «Bunyodkor» jamoalari maydonga tushadi.
2 oktyabr sanasida bo‘lib o‘tadigan final uchrashuvida «O‘FF»ning raqibi kim bo‘lishi bugun «B» guruhidagi 3-tur o‘yinlari yakuniga yetgach, ma’lum bo‘ladi.
Muhammad AMIN(surat),O‘zA