Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘FA rahbariyati Jizzaxda
10:59 / 2022-07-19

Jizzax shahriga xizmat safari bilan kelgan O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) rahbariyati yangidan barpo etilgan Jizzax futbol mahorat maktabi (FMM) majmuasida yaratilgan shart-sharoit bilan yaqindan tanishdi.

O‘FA Birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov, uning maslahatchisi Rahmiddin Zikriyayevga Jizzax viloyat sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi, viloyat futbol assotsiatsiyasi va Jizzax FMM rahbarlari hamrohlik qildi.

[gallery-7957]

Ular FMM o‘quv binosi, yopiq sport zali, kiyinish, yuvinish xonalari, murabbiylar va ma’muriyat xonalari, tibbiy muolaja ko‘rsatish xonasi, tabiiy maysali stadion va uning sug‘orish tizimi, sun’iy qoplamali futbol maydonining holatini ko‘zdan kechirdi.

E’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan maslahat va tavsiyalar, aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA