Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Odri Azule xonimni O‘zbekiston Respublikasining «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida
16:22 / 2025-10-30

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

O‘zbekiston Respublikasi va YUNESKO o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash va yangi bosqichga olib chiqish, xususan, fan, ta’lim va madaniyat sohalarida aloqalarni rivojlantirishdagi katta xizmatlari, xalqimizning qadimiy tarixi, boy madaniy merosini, milliy qadriyat, urf-odat va an’analarini jahon miqyosida targ‘ib etish, mamlakatimiz tomonidan ilgari surilgan tashabbuslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qo‘shgan munosib hissasi, shuningdek, dunyo xalqlari orasida madaniyatlararo muloqotni chuqurlashtirish, do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlash yo‘lidagi samarali faoliyati uchun YUNESKO Bosh direktori Odri Azule xonim O‘zbekiston Respublikasining «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlansin.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Sh.Mirziyoyev