French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Odri Azule xonim Buxoroyi sharifda bo‘ldi
10:07 / 2025-11-03

BMTning Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti — YUNESKO (UNESCO) bosh direktori Odri Azule ko‘hna va boqiy Buxoroda bo‘ldi.

Odri Azule boshchiligidagi delegatsiya  a’zolarini viloyat hokimi o‘rinbosari Botirjon Shahriyorov kutib oldi.

Tashrif davomida martabali mehmon ko‘hna Buxoroning diqqatga sazovor madaniy meros ob’ektlari, jumladan, Ismoil Somoniy maqbarasi, Bolo Hovuz masjidi, Mag‘oki attori majmuasi, Nodir devonbegi madrasasi, shuningdek, ayni kunlarda davom etayotgan xalqaro Buxoro biyennalesi ob’ektlarida bo‘ldi. YUNESKO bosh direktori Odri Azule xonim har bir obida, milliy arxitektura asosida qad rostlagan majmua bilan tanishar ekan,  O‘zbekiston buyuk allomalar yurti ekanini, xalqimiz tarixi va ma’naviyatiga hurmati balandligini ta’kidladi.

[gallery-26042]

Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat), O‘zA muxbirlari