Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Odri Azule: Samarqand sammiti madaniyatlarni yaqinlashtirish, SHHTga a’zo davlatlar xalqlarining an’ana va urf-odatlari haqidagi ma’lumotlar va bilimlarni tarqatishga ham xizmat qiladi
12:13 / 2022-09-14

YUNESKO bosh direktori Odri Azule Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) bilan hamkorlik maqsadlari haqida quyidagi fikrlarni bildirdi.

– Asrlar davomida odamlar Samarqandga “Minglab yulduzlar shahzodasi - Mirzo Ulug‘bek ruhi” sharoitida ilm o‘rganish, savdo-sotiq bilan shug‘ullanish, fikr almashish uchun talpinib kelgan. Bu yerda ko‘plab millat, madaniyat va din vakillari yashagan, buyuk va betakror intellektual va moddiy boyliklar maskan topgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, «Samarqand ruhi» – hamkorlik, o‘zaro anglashuv va do‘stlik ifodasidir. Samarqand bugungi kunda ham ana shu umumbashariy da’vatni o‘zida mujassamlashtirmoqda. Shaharni YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgani buni yana bir bor tasdiqlab turibdi. Samarqandning Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti o‘tkaziladigan joy sifatida tanlanishida, shubhasiz, aynan mana shu omil ham bor.

Ishonchim komilki, navbatdagi sammit mintaqaviy hamkorlik va o‘zaro anglashuvni yanada kengaytirish, madaniyatlarni yaqinlashtirish va boyitish, shuningdek, SHHTga a’zo davlatlar xalqlarining an’ana va urf-odatlari haqidagi ma’lumotlar va bilimlarni tarqatishga ham xizmat qiladi.

Shu maqsadda YUNESKO SHHT bilan madaniy-gumanitar va ta’lim sohalarida aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlashga intilmoqda. Strategik sheriklikka sodiq bo‘lgan YUNESKO va SHHT kelgusi besh yilga mo‘ljallangan Hamkorlik to‘g‘risida yangi bitim tuzish ustida ishlamoqda.

Navbatdagi sammit ham hamkorlikning yangi mexanizmining rasman ishga tushirilganidan dalolat beradi. Bu tashkilotlarimiz o‘rtasidagi madaniy almashinuvlarni kengaytirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘lib, YUNESKO va SHHT boshqa yirik mintaqaviy ishtirokchilar bilan ishlash orqali yanada kengaytirish mumkin bo‘lgan hamkorlikning muhim bosqichidir.

Ishonchimiz komilki, YUNESKO va SHHT birgalikdagi sa’y-harakatlari bilan barcha mamlakatlar va ko‘plab mintaqalar xalqlari farovonligi yo‘lida aniq natijalarga erishadi.

 

O‘zA