Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Odil sudlovga bo‘lgan ishonch ortmoqda
18:19 / 2022-01-29

Buxoro viloyati sudlarining 2021 yildagi faoliyati yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

–2021 yilda jami 3 ming 5 nafar shaxsga nisbatan 2 ming 418 ta jinoyat ishlari ko‘rib tamomlangan, – deydi viloyat sudi raisining o‘rinbosari S.Ro‘ziyev. –Bu ko‘rsatkichlar o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 671 taga yoki 38,4 foizga oshganligini ko‘rsatmoqda. Tamomlangan ishlarning 2 ming 164 nafar shaxsga nisbatan 1 ming 640 ta jinoyat ishlari bo‘yicha hukm chiqarilgan. Hukm chiqarilgan ishlar soni 495 ta yoki 43,2 foizga oshgan. Shuningdek, hisobot davrida 831 nafar shaxsga nisbatan 769 ta ish tugatilgan. 6 ta ish bo‘yicha 6 nafar shaxsga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llanilgan.
2021 yil davomida sud zalidan 158 nafar shaxs qamoqqa olingan. 204 nafar shaxslar esa sud zalidan qamoqdan ozod qilingan.

Sud sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar samarasida odil sudlovga bo‘lgan ishonch ortmoqda. Asosiysi, adolat va qonun ustuvorligi ta’minlanib, inson manfaatlari ishonchli himoya qilinmoqda. Tizimda ochiqlik sari dadil qadam tashlandi. Sudlar o‘z faoliyati borasida jamoatchilikka axborot berishni yo‘lga qo‘ygani ham bundan yaqqol dalolatdir.

Matbuot anjumanida o‘tgan yilda viloyat sudlari tomonidan olib borilgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Viloyat ma’muriy sudi, iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati hamda tumanlararo iqtisodiy sudi tomonidan ham o‘tgan yilda salmoqli ishlar amalga oshirilgan.
Qizg‘in bahs va munozara asosida o‘tgan matbuot anjumanida jurnalist va blogerlarning savollariga soha mutaxassislari tomonidan javoblar berildi.

[gallery-5599]


Zarif Komilov, 
Tohirjon Istatov (surat), O‘zA