Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Odil sudlov – Harakatlar strategiyasidan Taraqqiyot strategiyasiga qadar
12:21 / 2022-03-14

Navoiy yuridik texnikumida “Odil sudlov - Harakatlar strategiyasidan Taraqqiyot strategiyasiga qadar” mazusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Navoiy viloyat sudi iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati sudyalari va texnikum talabalari ishtirok etgan tadbirda bosh mezoni inson qadrini yuksaltirish va e’zozlashga asoslangan Taraqqiyot strategiyasida belgilangan sud tizimini bosqichma-bosqich raqamlashtirish, bu sohada byurokratik g‘ov va to‘siqlarni bartaraf etish orqali fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlarining odil sudlovga erishish darajasini tubdan oshirish, ma’muriy sudlarda mansabdor shaxslarning qarorlari ustidan berilgan shikoyatlarni ko‘rib chiqish tizimini takomillashtirish orqali sud nazoratini qo‘llash sohasini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil to‘xtalib o‘tildi.

Shuningdek, tadbirda “Xabeas korpus” institutini yanada rivojlantirish orqali tergov ustidan sud nazoratini kuchaytirish, sud protsessida tomonlarning haqiqiy tenglik va tortishuv tamoyillarini ro‘yobga chiqarish, sudlar tizimida “yagona darcha” tamoyilini keng joriy etish maqsadida arizalarni sudga taalluqliligidan qat’iy nazar qabul qilish va vakolatli sudga yuborish hamda muayyan ish doirasida barcha huquqiy oqibatlarni hal qilishni ta’minlash tizimini joriy etish yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.

Turg‘un Qahhorov, 
Navoiy viloyat sudi sudyasi

O‘zA