English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Odil Reno-Basso: O‘zbekiston eng yuqori maqsadlarni ko‘zlagan mamlakat
11:33 / 2022-03-24

Toshkent Xalqaro investitsiya forumida ishtirok etayotgan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso O‘zA muxbiriga YeTTBning O‘zbekiston bilan hamkorligi joriy holati va istiqboli haqida so‘zlab berdi.

- Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki o‘tgan besh yil ichida O‘zbekiston bilan samarali sheriklikni yo‘lga qo‘ydi. Xususan, iqtisodiyot va xususiy sektorni rivojlantirishga qaratilgan yirik qo‘shma loyihalar amalga oshirildi. Bu yo‘ldagi faoliyatni yanada rivojlantiramiz. Keyingi besh yilda ham birga ishlaymiz. Hamkorlik jarayonida, asosan, barqaror ish o‘rinlari yaratish, sog‘lom yashil muhitni, raqamlashtirish tizimini takomillashtirish diqqat markazida bo‘ladi.

Shuningdek, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish, yangi turdagi mahsulot ishlab chiqarishda yosh tarbirkorlarni jalb qilishga ham alohida e’tibor qaratamiz. Bundan tashqari O‘zbekiston bank tizimida xususiylashtirish jarayonini kuchaytirishga, shu orqali banklar salohiyatini yuksaltirishga hissa qo‘shmoqchimiz.

Raqamlashtirishgan ta’limni ommalashtirish bo‘yicha birga ish olib boriladi. Zero, raqamli texnologiyalarni joriy etish va ushbu sohani rivojlantirish bo‘yicha o‘zbekistonlik hamkorlarimiz juda faol, birgalikda samarali loyihalar amalga oshirilmoqda. Bu yo‘nalishdagi sa’y-harakatlar ko‘lami yanada kengayadi. Mamlakatingizda raqamli infratuzilma yaratishga ulush qo‘shayotganimizdan mamnunmiz. Logistika va boshqa turli yo‘nalishlarda ham hamkorlikni yo‘lga qo‘yamiz. 

O‘zA muxbiri Go‘zal Sattorova yozib oldi.