Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Odil Ahmedov OCHLdagi yagona umidimiz...mi?!
18:43 / 2019-05-21

Bugun Osiyo Chempionlar ligasining guruh bosqich 6-tur oʻyinlari davom ettirildi.


Bugun Osiyo Chempionlar ligasining guruh bosqich 6-tur oʻyinlari davom ettirildi.

Milliy terma jamoamiz sardori Odil Ahmedov toʻp tepayotgan Xitoyning “Shanxay SIPG” jamoasi oʻz maydonida Janubiy Koreyaning “Ulsan Xyunday” klubini qabul qildi.

Uchrashuvda xitoyliklar 5:0 hisobida gʻalaba qozondi. “Shanxay SIPG”ning gʻalabasiga jamoaning braziliyalik legioneri Oskar munosib ulush qoʻshdi, u xet-trik qayd etdi.

Hamyurtimiz esa uchrashuvda 80 daqiqa harakat qildi va keyin almashtirildi. Bu paytga kelib hisob 4-0ga yetib ulgurgandi. Ushbu gʻalabadan keyin “Shanxay SIPG” jamoasi 9 ochko bilan guruhda 2-oʻrin hamda pley-off bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi. Oʻz navbatida “Ulsan” jamoasi ham keyingi bosqichga yoʻl oldi, ular bu vazifani oʻtgan turdayoq hal qilib ulgurishgan edi.

496907_original.jpg

Endi “Shanxay SIPG” klubi keyingi bosqichda Janubiy Koreyaning boshqa bir vakili “Chonbuk Motors” bilan kuch sinashadi. Ushbu jamoalar oʻrtasidagi oʻyinlar 19 va 26 iyun kunlari oʻtkaziladi.

Nachora, oʻzbek klublari musobaqani tark etishgach, endi oʻzbekistonlik futbolchi toʻp tepayotgan jamoaga muxlislik qilamizda.