Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oddiy odamlar bugungi kunda bo‘layotgan o‘zgarishlarni sezishi kerak
08:15 / 2021-09-29

Kuz fasli boshlanishi bilan issiqlik ta’minoti ob’ektlari va uskunalarini hamda turar-joylar va ijtimoiy soha ob’ektlarini kuz-qish mavsumiga puxta qilib tayyorlash ishlari boshlanib ketadi.

Zamon shiddat bilan rivojlanib borayotgan bir paytda har bir rahbardan tortib oddiy xodimgacha kreativ fikrlash, vaziyat va muammolarga o‘zgacha yondashuv talab etilmoqda.

Mutaxasislarning ta’kidlashicha, aholiga uzluksiz va sifatli ichimlik suvi yetkazib berish uchun bir kunda 2,1 million.kVt elektr energiyasi sarf qilinadi. Ichimlik suvini zararsizlantirish uchun bir kunda 2 tonna xlor, 1,8 tonna gipoxlorid va 4,5 tonna koagulyantlar va 10 tonnadan ortiq yonilg‘i-moylash mahsulotlari ishlatiladi.

Bundan tashqari, xar kuni yuzaga kelayotgan avariyalarni bartaraf qilishga ham muayyan xarajatlar talab etiladi. Shu sababdan, to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirmaslik qarzdorlikning keskin oshishi va ta’minlovchi korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy holati zaiflashishiga olib kelishi mumkin, bu esa aholiga uzluksiz ichimlik suvi yetkazib berilishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Aholidanku kommunal to‘lovlarni o‘z vaqtida undirishning barcha choralari ko‘rilmoqda.Ammo, sohadagi amalga oshirilayotgan ishlar sifati qoniqarlimi?

Joriy yilda markaziy va mahalliy qozonxonalarni hamda issiqlik tarmoqlarini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish ishlarini amalga oshirish uchun jami 23,1 milliard so‘m markazlashgan mablag‘lar ajratilgan. Mazkur mablag‘lar xisobidan 2021 yilda 56 ta ob’ektda qurilish-ta’mirlash ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan. Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent, Farg‘ona, Xorazm viloyatlarida rejalashtirilgan ob’ektlar doirasida ekspertiza xulosalari olinib, pudrat tashkilotlari aniqlangan, qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Toshkent shahrida esa rejalashtirilgan ob’ektlar doirasida qurilish-montaj ishlari yakuniga yetkazilib, ob’ektlar foydalanishga topshirilgan.

Afsuski, soha hali muammolardan xoli emas.

O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi ko‘p xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi joylardagi shirkatlar tomonidan amalga oshirilgan ishlar sifati va unga yo‘naltirilgan mablag‘larning maqsadli sarflanganligiga oid faoliyatini o‘rganish jarayonida qator qonunbuzarlik holatlarini aniqladi.

Vazirlik matbuot xizmati tomonidan taqdim qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, mulkdorlardan yig‘ilgan majburiy badal pullari maqsadsiz ishlatilganligi bo‘yicha 49 ta holatda, jami 1 milliard 809,5 million so‘m mablag‘ talon-taroj qilingan. Bu borada Toshkent viloyati 950,1 million so‘m bilan "yetakchi"lik qilmoqda.

Shuningdek, Navoiy viloyatida 5 ta holat bo‘yicha, jami 449,4 million so‘m, Farg‘ona viloyatida 4 ta holat bo‘yicha, jami 300,1 million so‘m, Qashqadaryo viloyatida 3 ta holat bo‘yicha, jami 67,9 million so‘m hamda Buxoro viloyatida 10 ta holat bo‘yicha, jami 42,1 million so‘m maqsadsiz ishlatilgan.

Aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan to‘plangan materiallar huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga taqdim etildi.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, ayrim xududlarda noqonuniy harajatlar va ortiqcha to‘lovlarning asosiy qismi uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish, xalq ta’limi, obodonlashtirish sohalariga to‘g‘ri keladi.Aholini o‘ylantirayotgan mana shu kabi mavjud muammolarni bartaraf etish, turmush farovonligini ta’minlashga xizmat qiladi. Zero, davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, oddiy odamlar bugungi kunda bo‘layotgan o‘zgarishlarni sezishi kerak. Ular ertaga emas, bugun yaxshi yashashni istaydi. Ularga bugun yaxshi sharoit yaratib berishimiz kerak.

Muhayyo Toshqorayeva,

O‘zA