Toshkent tibbiyot akademiyasi bilan Koreya universiteti tibbiyot kolleji mutaxassislari ishtirokidagi onlayn xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Unda “COVID-19 pandemiyasi sharoitida ekologiya masalalarini muhokamalar markaziga qo‘yib, fikr-mulohazalar almashish ayniqsa bu boradagi sinalgan tajribalarni o‘rtoqlashishning ahamiyatiga alohida urg‘u berildi.
Ushbu konferensiya TTAning atrof-muhit gigiyenasi kafedrasi bilan Koryo universiteti tibbiyot kollejining Profilaktik tibbiyot fakulteti bilan hamkorlikda tashkillashtirilgan yettinchi konferensiyasi bo‘lib hozirgi kunning dolzarb muammosiga bag‘ishlangan.
TTA rektori professor A.Shodmonov kirish so‘zida profilaktik tibbiyotni isloh qilish, respublikamizda koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash borasida olib borayotgan ishlar, ekologik omillarning so‘nggi o‘n yil ichida aholi salomatligiga qay darajada salbiy ta’sir etayotganligi borasidagi muhim ma’lumotlarni keltirib o‘tdi.

Koryo universiteti tibbiyot kolleji jamoat salomatligi maktabi direktori, profilaktik tibbiyot fakulteti professori Choi Jaye Wook o‘z so‘zida TTA va Koryo universiteti hamkorlikda katta yutuqlarga erishgani va ushbu hamkorlikni samarali davom ettirishga tayyor ekanligini bildirdi.
Biosferaning favqulodda ifloslanishi turli ekologik kasalliklarni yuzaga chiqaradi.
2016 yilda Toshkent tibbiyot akademiyasi va Koryo universiteti o‘rtasida sog‘liqni saqlash sohasida ta’limni takomillashtirish bo‘yicha memorandum imzolanganda, zamonaviy ekologiya negizida antropogen ta’sir ko‘rsatishni o‘rgatadigan tabiiy resurslardan oqilona foydalanish borasidagi bilim va tajribalar almashinishiga kelishib olingan edi.
2018 yilga kelib, "TMA-KU hamkorligida ilmiy-tadqiqot markazi" tashkil etildi.
Xalqaro onlayn konferensiyada ta’kidlanganidek, afsuski, hozirda COVID-19 uchun hech qanday samarali maxsus davolash usullari mavjud emas. Shunday bo‘lsa-da, COVID-19ning epidemiologiyasi, etiologiyasi, patogenezi, klinikasi, davolash va profilaktikasini o‘ziga xos xususiyatlari o‘rganish bo‘yicha ko‘plab tadqiqotlar olib borilmoqda. Eng achinarlisi, COVID-19dan davolanib chiqqan bemorlarning takroriy infeksiyadan himoyalanganligi haqida hech qanday dalillar yo‘q.
SARS-Cov-2 infeksiyasining chastotasini baholash va uzoq vaqt davomida COVID-2ni rivojlantirish (kamida bir yil) bilan solishtirganda, SARS-Cov-19ga qarshi antikorlarni kuzatish mumkin.
Bunday vaziyatda odamlarning atrof-muhitga nisbatan ongli munosabati, ekologiya borasidagi zaruriy bilimlarni o‘zlashtirib, o‘zi va atrofidagilar sog‘ligi to‘g‘risida qayg‘urishi va tabiatga madaniyatli munosabati muhim ahamiyatga ega.
Gulchehra MIRZAEVA,
Toshkent Tibbiyot akademiyasi matbuot kotibi