Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Odamiylikning eng oliy mezoni
14:54 / 2023-06-06

Prezidentimiz ta’kidlaganidek, inson qadrini ulug‘lash – yurtimizda yashayotgan har bir odamning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini ta’minlash yo‘lida fidoyilik lozim bo‘ladi.

Inson dunyoda umid bilan yashaydi. “Orzularimga yetay, shinam uy-joyim bo‘lsa, yon-atrofimda qulay sharoit, bekamu ko‘st muhit hukm sursa, jamiyatga, raiyatga, davlatga, oilamga, ota-onamga, do‘stu yorlarga, mahalla-ko‘yga, qishlog‘imga, yurtimga foydam tegsa, murod maqsadim ushalsa”, deydi. Har bir inson umid bilan yashar ekan, ertaga, indin yoki undan keyin emas, hozir, shu bugun niyatiga yetishini, umridan, hayotidan, har bir kunidan rozi, mamnun bo‘lishini istaydi.  

Davlatimiz rahbarining 2019 yil 17 yanvardagi “Aholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi farmoni bu boradagi ishlar samaradorligini yanada oshirdi.  

Mazkur hujjatga ko‘ra, sektorlar, davlat organlari va boshqa tashkilotlar uyma-uy yurish, ijtimoiy va boshqa ob’ektlarni o‘rganish orqali ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni aniqlab hal qilish choralarini ko‘rib boradi. Xalq qabulxonalari jamoatchilik vakillari, ommaviy axborot vositalari va boshqa tashkilotlarni jalb qilgan holda hududlardagi ijtimoiy muhitni o‘rganish, aholi muammolarini hal qilishda ochiqlik, shaffoflik va xolislikni ta’minlash choralarini ko‘rib borishi belgilangan.

Bugungi kunda farmon ijrosini ta’minlash bo‘yicha Qorako‘l tumani Xalq qabulxonasi tomonidan ham tuman aholisidan kelib tushgan murojaatlar tahlil qilib boriladi. Muammolar bosqichma-bosqich hal qilinmoqda.

– Bunga misol o‘tgan 2022 yilda tuman aholisidan Virtual va Xalq qabulxonasiga yo‘llangan murojaatlar tahliliga asosan hamda mahallabay o‘rganishlar jarayonida tumandagi 3 eng og‘ir mahallalar “Mallaishayx”, “Bandboshi”, “Darg‘abog‘i” mahalla fuqarolar yig‘inlari tanlab olindi, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qorako‘l tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri  A.Oqqiyev.  – Ushbu mahallalarda bugungi kunda 2455 xonadon mavjud bo‘lib ushbu xonadonlarda 12 ming 414 nafar  fuqarolar istiqomat qiladi. Mazkur mahallalarda hozirda 30 dan ortiq texnikalar jalb qilinib jami 16.9 kilometr tuproq yo‘llarda shag‘al yotqizildi.

Prezidentimiz bugungi kunda olib borayotgan islohotlarni izchil davom ettirishga harakat qilayotgani, soha mutasaddilarini ham bu ishga katta mas’uliyat bilan yondashishga undayotgani zamirida har bir yurtdoshimizni ana shunday baxtli-saodatli ko‘rish, “Insonlarning dardu tashvishlarini o‘ylab yashash — odamiylikning eng oliy mezonidir”, degan ezgu da’vatni qalblarga teran singdirish, hayot tarzimizga aylantirishdek ulug‘ maqsadlar mujassam.

Zarif Komilov, O‘zA