Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Odam – texnika” kasb tipiga kiruvchi kasblarni bilasizmi
18:21 / 2020-12-01

Sirdaryo viloyati xalq ta’limi boshqarmasi Mirzaobod tumaniga qarashli 9-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Odam – texnika” kasb tipiga kiruvchi kasblar bo‘yicha viloyat amaliy o‘quv seminari o‘tkazildi.

Ushbu tadbir – xalq ta’limi tizimiga ilg‘or xorijiy tajribalarni tatbiq etgan holda zamonaviy mehnat bozori ehtiyojlaridan kelib chiqib, kasb-hunarga yo‘naltirish, psixologik qo‘llab-quvvatlashning zamonaviy shakl va uslublarini joriy etish hamda o‘quvchilarni ongli va mustaqil ravishda kasb tanlashlariga metodik yordam berish va ko‘maklashish maqsadida viloyat xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan tashkil etildi.

Tadbirda xalq ta’limi viloyat boshqarmasi va uning quyi tizim bo‘limlari, tuman va shaharlardagi o‘quvchilarni kasb–hunarga yo‘naltirish pedagogik-psixologik tashxis markazlari metodist-psixologlari hamda tayanch maktablarining faol psixologlari ishtirok etdi.

O‘quv amaliy seminarda viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i A.Abduraxmonov, Prezidentimizning Andijon, Farg‘ona, Namangan viloyatlari va Toshkent shahrining Sergeli tumaniga tashrifi davomida berilgan topshiriqlari ijrosini ta’minlash yuzasidan xalq ta’limi tizimi xodimlari zimmasiga yuklatilgan vazifalar, o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirishda amaliyotchi psixologlarning o‘rni, maktablarda amalga oshirilishi kerak bo‘lgan jihatlar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalari bildirdi.

O‘quv seminar ishtirokchilari amaliyotchi psixologlarning “Odam-texnika kasb tipiga kiruvchi kasblar olamiga sayohat” mavzusidagi ma’ruzasini katta e’tibor bilan tinlagan bo‘lsa, “Odam – texnika” kasblar tipiga kiruvchi kasblar haqidagi taqdimot ko‘pchilikning asosiy diqqat markazida bo‘ldi. Shuningdek, “Men tanlagan kasb” hamda “Kasblar zanjiri” trening mashg‘ulotlarida qatnashchilar faol ishtirok etdi.

O‘tkazilgan seminar yakuni bo‘yicha viloyat xalq ta’limi boshqarmasi o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va pedagogik-psixologik sho‘’ba rahbari G.Rahmonova o‘z xulosalari bilan o‘rtoqlashdi.

Shuningdek, tadbirda amaliyotchi psixologlar tomonidan dekabr oyi davomida “Odam – badiiy obraz” kasblar tipiga kiruvchi kasblar bo‘yicha maktab o‘quvchilari va ota-onalar o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib borishlari, 7-11-sinf o‘quvchilarini “profnavigator.uz” onlayn platformaga kirgizib, har bir o‘quvchini qiziqishlari yuzasidan qanday kasb egasi bo‘lishi mumkin ekanligi to‘g‘risida ma’lumotlar olishlari haqida hamda joriy yilning 1 dekabridan 16 dekabriga qadar “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” shiori ostida amaliy tadbirlar uyushtirish, “Ustoz-shogird” ana’nasiga amal qilishlari to‘g‘risida kelgusida qilinadigan vazifalar belgilab berildi.

Cyeminar yakunida kasblar oyligida faol ishtirok etgan Mirzaobod tumani amaliyotchi-psixologlari faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.

A.QAYUMOV, F.TOSHMATOV (surat), O‘zA