Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Odam savdosining oldini olish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar
14:42 / 2025-08-25

Poytaxtimizda Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi va Xalqaro migratsiya tashkiloti hamkorligida mahallalardagi yoshlar yetakchilari uchun o‘quv-seminar tashkil etildi.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda har yili 2 million nafardan ortiq kishi odam savdosi qurboniga aylanmoqda. Odam savdosi jinoyatidan jabrlanganlarning 80 foizini esa xotin-qizlar va yoshlar tashkil etmoqda.  

Bugungi kunda ko‘plab yoshlarimiz chet elga o‘qish yoki ishlash maqsadida chiqmoqda. Ammo ular o‘zining huquq va majburiyatlarini to‘liq bilmasligi turli muammolarga sabab bo‘ladi.

Ana shunday muammolarning oldini olish va yoshlarni xabardor qilish maqsadida tashkil etilgan tadbirda xavfsiz migratsiya, moliyaviy savodxonlik hamda odam savdosining oldini olish bo‘yicha yangi bilim va ko‘nikmalar xususida so‘z bordi. Odam savdosining oldini olish va unga qarshi kurashish borasida tushunchalar berildi.

Gulnoza Boboyeva,

O‘zA