Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Odam savdosiga qarshi kurashish va migratsiya sohasida xalqaro hamkorlik mustahkamlanmoqda
14:36 / 2026-02-19

Odam savdosiga qarshi kurashish va migratsiya jarayonlarini inson huquqlari tamoyillari asosida tartibga solish bugungi kunda global ahamiyatga ega masalalardan biri hisoblanadi.

Shu bois mazkur yo‘nalishda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish, jabrdiydalarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish hamda ilg‘or tajribalarni joriy etish ustuvor vazifalardan sanaladi.

Odam savdosi jabrdiydalariga yordam ko‘rsatish bo‘yicha Respublika reabilitatsiya markazida Xalqaro migratsiya tashkilotining Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha Vena shahridagi mintaqaviy ofisida migrantlarni himoya qilish masalalari bo‘yicha katta mintaqaviy mutaxassis Xizr Komenda xonim bilan odam savdosiga qarshi kurash va migratsiya masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqot davomida milliy hamkorlar bilan Xalqaro migratsiya tashkiloti faoliyati natijalari va istiqboldagi rejalarni muvofiqlashtirish masalalari muhokama qilindi.

Suhbat jarayonida odam savdosiga qarshi amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, mavjud tendensiyalar va dolzarb muammolar atroflicha ko‘rib chiqildi. Shuningdek, Respublika reabilitatsiya markazi faoliyati va uning istiqboldagi rivojlanish yo‘nalishlari muhokama qilinib, xalqaro hamkorlik tajribasi hamda samarali yondashuvlar yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv davomida odam savdosi jabrdiydalari bilan ishlashda mutaxassislar malakasini oshirish, markaz faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha xalqaro loyihalarda ishtirokni kengaytirish, tegishli tashkilotlar bilan ijtimoiy hamkorlikni kuchaytirish, ilg‘or xalqaro tajribani keng joriy etish uchun ekspertlarni jalb qilish kabi masalalar ko‘rildi.  

Uchrashuv savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi va ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javoblar berildi.

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA