Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Odam savdosiga qarshi kurashish oyligi o‘tkazilmoqda
10:48 / 2025-07-04

Odam savdosi – XXI asrning eng og‘ir muammolaridan biri sifatida butun dunyoda millionlab insonlarning salomatligiga, hayotiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. O‘zbekiston ham bu tahlikali illatdan chetda emas. Shu bois bu boradagi targ‘ibot-tushuntirish ishlarini olib borish muhim.

30 iyul – Xalqaro odam savdosiga qarshi kurashish kuni. Ushbu sana munosabati bilan “Adolat” SDP tomonidan iyul oyi “Biz odam savdosiga qarshimiz” huquqiy-targ‘ibot oyligi deb e’lon qilindi.

Huquqiy-targ‘ibot oyligi doirasida partiyaning Toshkent shahar va Yakkasaroy tuman Kengashi tomonidan Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida tadbir tashkil etildi. Unda talaba-yoshlar va o‘qituvchilar ishtirok etdi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga odam savdosining og‘ir oqibatlari, bu illat qurboniga aylanishning oldini olish, bunday holatga duch kelganda ko‘riladigan chora-tadbirlar yuzasidan huquqiy ma’lumotlar berildi.  

Shuningdek, tegishli mutaxassislar so‘zga chiqib, fuqarolarni doimo ogoh bo‘lishga, shubhali takliflarga ishonmaslikka va hushyorlikni yo‘qotmaslikka chaqirdilar.

O‘z navbatida, ishtirokchilar ham mulohazalarini bildirib, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob oldilar.

Oylik doirasidagi tadbirlar hududlarda davom etmoqda.

Muhtarama Komilova,

O‘zA