Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha mintaqaviy va global tendensiyalar muhokama qilindi
20:02 / 2026-02-13

Ichki ishlar vazirligida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti(YeXHT)ning odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha maxsus vakili Kari Jonston bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish, shu jumladan, migrantlar hamda jinsiy zo‘ravonlik bilan bog‘liq odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha mintaqaviy va global tendensiyalar muhokama qilindi.  

Ushbu turdagi jinoyatlarga qarshi kurashishda axborot texnologiyalarining o‘rni hamda YeXHTga a’zo davlatlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va rivojlantirishga oid masalalar ko‘rib chiqildi.  

Konstruktiv va do‘stona ruhda o‘tgan tadbirda tomonlar o‘zaro hamkorlik masalalari hamda istiqboldagi rejalar haqida fikr almashdi.  

N.Abduraimova, O‘zA