Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Odam savdosiga qarshi kurashda OAV bilan hamkorlik muhokama qilindi
17:49 / 2021-06-21

Jizzax viloyat mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasida “Zamonaviy axborot xizmatlarining OAV, jamoat va siyosiy tashkilotlari bilan ishlash shakllari va usullari” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Viloyat hokimligi “Istiqlol avlodi” ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy qo‘llab-quvvatlash hududiy markazi, ichki ishlar boshqarmasi bilan  hamkorlikda tashkil etgan tadbirda ichki ishlar idoralari, ommaviy axborot vositalari,  nodavlat notijorat tashkilotlarning O‘zbekiston Respublikasining “Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonuni bo‘yicha jabrlanuvchilarni dastlabki va yakuniy identifikatsiya qilish mexanizmlarini takomillashtirishda ommaviy axborot vositalarining  o‘rni va vazifalari to‘g‘risida ma’ruzalar tinglandi.  

 Muzokaralarda ushbu  yo‘nalishda   davlat hokimiyati  boshqaruv organlari axborot xizmatlarining axborot manbalari, ommaviy axborot vositalari bilan ishlashdagi vazifalari  atroflicha muhokama qilindi.  

[gallery-2871]

 Shu mavzuda videofilm namoyish qilinib, odam  savdosiga qarshi kurashishda ommaviy axborot vositalari tomonidan olib borilayotgan targ‘ibot-tashviqot samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar taqdimoti o‘tkazildi. Taqdimotda  odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlarni jilovlashda jurnalist so‘zining ta’sir kuchini oshirishga qaratilgan qator amaliy takliflar ijro uchun tavsiya etildi.    

 Tadbirda bu mavzuda muloqotlarni izchil tarzda o‘tkazishga kelishib olindi.

 

T.Beknazarov, J.Yorbekov (surat), O‘zA