Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Odam savdosiga chek qo‘yildi
09:43 / 2025-12-19

Davlat xavfsizlik xizmati hamda Ichki ishlar vazirligi xodimlari hamkorligida odam savdosiga qarshi kurash yo‘nalishida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Jumladan, poytaxtda istiqomat qiluvchi, 1998 y.t. S.N. 2 nafar fuqaroni Tailand davlatiga fohishalik bilan shug‘ullanish maqsadida yuborayotgan vaqtida Toshkent xalqaro aeroportida qo‘lga olindi.

Shuningdek, ushbu jinoiy harakat hozirda Tailand davlatida bo‘lgan, 2005 y.t. F.A. tomonidan tashkillashtirilganligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 135-moddasi 2-qismi “b”, “g”, “ye”, “z” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.