Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Odam savdosi”dan ogoh bo‘ling!
13:47 / 2025-05-27

Yil sayin aholi orasida tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borilishiga qaramay yurtimizda odam savdosi holatlariga duch kelinmoqda. Achinarlisi, bu jinoyat fuqarolar tomonidan sodir etilmoqda.

Toshkent viloyatida o‘tkazilgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” profilaktik tadbirlari davomida viloyat IIBB tezkor xodimlari tomonidan Qibray tumani IIB hamda DXX hududiy bo‘linmasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan navbatdagi tezkor tadbirda yana bir shaxsning odam savdosi qurboni bo‘lishi oldi olindi. 

O‘tkazilgan tezkor tadbirda Angren shahrida yashovchi 1971 yili tug‘ilgan ayol (X.T.) oson pul topish maqsadida tanishi 2003 yili tug‘ilgan qiz(Z.A.)ni aldab, daromad topishga ishontirgan. Uni Toshkent xalqaro aeroporti orqali Rossiyaning Sankt-Peterburg shahriga fohishalik uchun olib ketayotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlandi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, ayol va 22 yoshli qizning Rossiyaga borishi uchun yo‘l haqi va boshqa xarajatlar Sankt-Peterburgda yashovchi “Zulya” ismli ayol tomonidan qoplangan. Buning evaziga qiz keyinchalik fohishalik bilan shug‘ullanishi kerak bo‘lgan. Shuningdek, ayol qizni yetkazgani uchun o‘sha tanishidan ma’lum miqdorda haq olishga kelishgan. 

Hozirda ushlangan shaxsga nisbatan Qibray tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 135-moddasi (Odam savdosi) 2-qismi “a”, “z” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

A.Musayev,O‘zA.