Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashishning huquqiy asoslari
08:27 / 2022-09-12

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Qoraqalpog‘iston Kengashida “Odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish” mavzusida o‘quv-seminari tashkil etildi.

Unda majburiy mehnatning oldini olishda Xalqaro va milliy qonunchilik me’yorlari, majburiy mehnat to‘g‘risida murojaatlarni ko‘rib chiqish, aybdor shaxslarning javobgarlik masalalari, paxta yig‘im terimi mavsumida terimchilarni jalb qilish, mehnat munosabatlarining yuritilishi (kelishuv, shartnomalar tuzish, terim ish haqini to‘lash) tomonlarning huquq va majburiyatlari, javobgarligi masalalari bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi. Shuningdek, mavsumda terimchilarning sanitariya texnika xavfsizligini ta’minlash, mehnatni muhofaza qilish huquqlari buzilishining oldini olish, terimchilar uchun yaratilishi lozim bo‘lgan shart-sharoitlar haqida so‘z bordi.

Davlatimiz rahbarining 2019 yil 30 iyuldagi “Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni hamda Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish Milliy komissiyasining 2022 yil 12 avgustdagi 14-sonli bayoni bilan tasdiqlangan “AQSH Davlat departamentning “Odam savdosiga qarshi kurashish” to‘g‘risidagi yillik ma’ruzasida keltirilgan tavsiyalarni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi”ning 6-bandida ko‘rsatilgan paxta yig‘im terim mavsumida monitoring ishlarida ishtirok etadigan nodavlat notijorat tashkilotlar vakillari, fuqarolik jamiyati faollari, ommaviy axborot vositalari va blogerlar uchun majburiy mehnat holatlarini aniqlash va ushbu jarayonda faollarning ishtiroki va harakati to‘g‘risida batafsil tushuntirish berildi. Ayniqsa, bolalar mehnatiga barham berish, qishloq xo‘jaligi ishlari, hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish davrida kattalarning majburiy mehnatidan foydalanishga chek qo‘yish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga to‘xtaldi.

O‘quv-seminar yakunida ishtirokchilar o‘zaro fikr almashdi.

Dovud Abibullayev, O‘zA