French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Odam savdosi”: tergov harakatlari davom etmoqda
11:21 / 2025-08-13

Ichki ishlar vazirligi tomonidan joylarda “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbirining ikkinchi bosqichi o‘tkazilmoqda. Xususan, Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi va Davlat xavfsizlik xizmati hududiy bo‘linmasi xodimlari hamkorligida navbatdagi tezkor tadbirda ikki shaxs odam savdosi qurboni bo‘lishining oldi olindi.

Aniqlanishicha, Qibray tumanida yashovchi, 1991 yili tug‘ilgan (E.K.) ayol Turkiyada yashovchi tanishlari bilan jinoiy til biriktirib, oson daromad topish maqsadida Yangiyo‘l tumanida yashovchi 26 va 33 yoshli ikki nafar ayolni aldov yo‘li bilan chet elga yuborishga uringan. Ularni katta daromad topishga ishontirib, Toshkent xalqaro aeroporti orqali Istanbul shahriga fohishalik uchun yuborayotgan vaqtida tezkor xodimlar tomonidan daliliy ashyolar bilan ushlandi. Ma’lum bo‘lishicha, jabrlanuvchi 2 nafar ayolni Turkiyaning Istanbul shahrida yashovchi boshqa o‘zbekistonlik kutib olishi reja qilingan. 

Hozirda mazkur holat yuzasidan ushlangan shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi – “Odam savdosi” bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Shuningdek, jinoyatga aloqador boshqa shaxslarning shaxsini aniqlash va ularni tergovga jalb qilish choralari ko‘rilmoqda. 

A.Musayev, O‘zA