30 iyul – Butunjahon odam savdosiga qarshi kurashish kuni
Odam savdosi illati bugungi kunda jahon hamjamiyatini tashvishga solayotgan XXI asrning jiddiy muammolaridan biridir.
Mehnat migratsiyasi hamda axborot almashinuvining kuchayishi odam savdosi bilan shug‘ullanadigan jinoyatchi guruhlarga o‘z qabih niyatlarini amalga oshirishda imkon yaratib bermoqda.

Toshkent shahar Odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha hududiy komissiya tarkibidagi Toshkent shahar tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boshqarmasi o‘z faoliyati davomida odam savdosiga qarshi kurashish sohasida qabul qilingan va ishlab chiqilgan normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek, dasturlar, loyihalar va rejalar ijrosi yuzasidan samarali ishlarni olib bormoqda.
“30 iyul – Butunjahon odam savdosiga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan iyul oyi “Hamkorlikda odam savdosiga qarshi kurashish oyligi” deb e’lon qilindi. Oylik doirasida Toshkent shahrining barcha tumanlarida aholi va davlat tashkilotlari xodimlari orasida axborot-targ‘ibot, tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Targ‘ibot ishlari doirasida ishtirokchilarga Odam savdosidan jabrlangan shaxslarga Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boshqarmasi va Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish bo‘yicha respublika reabilitatsiya markazi tomonidan ko‘rsatiladigan birlamchi tibbiy, psixologik, yuridik yordamlar to‘g‘risida ma’lumotlar berilib, materiallar tarqatilmoqda.
Bu kabi targ‘ibotlarni o‘tkazishdan maqsad, odamlar bu jirkanch illat domiga tushib qolmasligi, aziyat chekmasligi uchun ogohlantirishdan iborat. Agar murakkab vaziyatga tushib qolsa ularga yordam berish yo‘llari haqida ma’lumot berishdir.
Targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda.
O‘zA