Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Odam savdosi: noinsoniy, noqonuniy ish
17:30 / 2020-07-29

Ushbu masala yuzasidan ishtirokchilarning fikr-mulohazalari tinglanib, muhokama qilindi.


“Istiqbolli Avlod” ijtimoiy-axborot markazi tashabbusi bilan onlayn tarzda “Odam savdosi jabrdiydalariga yordam koʻrsatish mexanizmi” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2013-yil 30-iyuldagi rezolyutsiyasiga asosan “30-iyul – Butun dunyoda odam savdosiga qarshi kurashish kuni” deb belgilanganligi munosabati bilan oʻtkazilgan tadbirda Respublika “Istiqbolli avlod” ijtimoiy-axborot markazining hududiy boʻlimlari, odam savdosiga qarshi kurash Respublika Milliy komissiyasi aʼzolari, sohasida faoliyat olib borayotgan davlat organlari, nodavlat tashkilotlar vakillari qatnashdi.

Vebinar tarzida oʻtgan davra suhbatida odam savdosidan jabrlanuvchilarga yordam koʻrsatish va bu illatning oldini olishda nodavlat tashkilotlarning mahalliy hokimliklar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, ommaviy axborot vositalari, internet tarmoqlari bilan hamkorligini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

Davra suhbati davomida “Istiqbolli avlod” ijtimoiy-axborot Jizzax viloyati boʻlimi huquqshunosi Erkin Murodov odam savdosidan jabrlanganlarga yordam koʻrsatish mexanizmini markazga murojaat qilgan bir ayolni qutqarish, ijtimoiy himoya qilish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar misolida koʻrsatib berdi.

Bu jarayon jabrlanuvchi tomonidan markazning “Dolzarb aloqa” tarmogʻiga xabar berishidan boshlab, unga koʻrsatilgan barcha ijtimoiy, iqtisodiy, tibbiy hamda huquqiy yordam turlari, davlat organlari, muassasalarining va nodavlat tashkilotlari, oʻzini-oʻzi boshqarish organlarining oʻzaro hamkorlikda yuzaga kelgan muammoni yechishdagi ishtiroki jonli tasvirlab berildi.

Ushbu masala yuzasidan ishtirokchilarning fikr-mulohazalari tinglanib, muhokama qilindi.

Shuningdek, tadbir davomida USAID “Odam savdosiga qarshi kurash” mintaqaviy loyihasi doirasida Migratsiya boʻyicha Xalqaro (MXT) Tashkilotining Markaziy Osiyo koordinatsion ofisi tomonidan odam savdosi tufayli chet elda ogʻir vaziyatga tushib qolgan shaxslarni vatanga qaytarish, ularga ijtimoiy, huquqiy yordam koʻrsatish, kasb-hunarga yoʻnaltirish, oʻz tadbirkorligini boshlashi uchun moliyaviy koʻmaklashish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot berildi.