Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Odam savdosi bilan shug‘ullanganlarga sud hukmi o‘qildi
13:51 / 2022-11-23

Odam savdosi – dunyo hamjamiyati uchun bugungi kunning jiddiy muammolaridan biri sanaladi va unga qarshi kurashish huquq-tartibot idoralarining ustuvor vazifalari sirasiga kiradi.

Shu ma’noda O‘zbekiston Respublikasi ham ushbu muammodan xoli emas.  

Xususan, Toshkent viloyatining Ohangaron shahrida yashovchi, 1995 yil tug‘ilgan R.S.(erkak) qarindoshi – 1993 yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan, hozirda Nurafshon shahrida yashovchi, turmushidan ajrashgan K.T. (ayol) hamda xorijda yashovchi fuqaro (ayol) bilan kelishgan holda qizlarni fohishalik bilan shug‘ullantirish uchun Indoneziya davlatiga yuborishni reja qilishadi. 

Bu maqsadda xorijda yashovchi fuqaro (ayol) ijtimoiy tarmoqlar orqali Andijon viloyatida istiqomat qiluvchi 2 nafar qizni yollaydi.  

Ular uchun aviachiptalar hamda tegishli viza hujjatlarini rasmiylashtirib, elektron shaklda R.S.ga yuboradi.  

O‘z navbatida R.S. qizlarni Ohangaron shahrida kutib olib, o‘zining yashash xonadoniga olib keladi.  

K.T. esa qizlarga xorijda nima ish bilan shug‘ullanishlari bo‘yicha tushunchalar beradi hamda aeroportda foydalanishlari uchun PSR test ma’lumotlarini qalbakilashtiradi.  

DXX va IIV xodimlari tomonidan Toshkent xalqaro aeroportida o‘tkazilgan tezkor tadbirda ularning noqonuniy faoliyatiga chek qo‘yildi.  

Holat yuzasidan R.S. va K.T.larga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borildi.  

Jinoyatlari ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudi tomonidan R.S. va K.T.lar Jinoyat kodeksining 25, 135- va 228-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, ularning har biriga  

5 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.  

 

O‘zA