Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Ochun“ kitobining taqdimoti o‘tkazildi
10:54 / 2025-02-20

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston va Qirg‘iziston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Avliyoxon Eshonning “Ochun“ nomli kitobining taqdimoti o‘tkazildi.

Tadbirda she’riyatda o‘z yo‘liga, o‘z uslubiga ega bo‘lgan Avliyoxon Eshonning mazkur kitobi o‘zbek adabiyotida sezilarli voqea bo‘lgani ta’kidlandi.

– O‘zbek adabiyoti nainki mamlakatimizda, balki O‘zbekistondan tashqarida ham yaratilmoqda, faol rivojlanib bormoqda, – dedi atoqli ijodkor, yozuvchi va publitsist Ulug‘bek Hamdam. – O‘tgan yili Tojikistonga borganimda ko‘plab o‘zbek shoir va yozuvchilarining faol ijod qilayotganiga guvoh bo‘ldim. Avliyoxon aka jiddiy, kuchli, dunyoni obrazli ko‘rishda ilgarilab ketgan shoir. Avliyoxon akani bemalol professional shoir, deyish mumkin. Uning she’rlaridagi obrazlilik, tashbehlar, jiddiylik, o‘ziga xoslik darrov ko‘zga tashlanadi.

[gallery-21837]

Avliyoxon Eshon O‘sh viloyatining Laylak tumanidagi Andarxam qishlog‘ida tug‘ilgan. 1978 yili Leninobod Davlat pedagogika institutining tarix-filologiya fakultetini bitirgan. U “Tungi tilovatlar” (1991), “Qayg‘u guli” (1995), “Tilsim” (2006), “Ko‘zgu ichida” (2008), “Sirli pardalar” (2009), “Yaxshilik” (2011), “Rayhoniy rangli suvratlar” (2012), “Tavba eshigi” (2014), “Mahjub” (2016), “Ikki mahal gullaydigan olmalar” (2018) nomli kitoblar muallifi.

Adabiy tadbirda muallif va uning yangi kitobi to‘g‘risida atroflicha so‘z yuritildi.

Nazokat Usmonova, Asliddin Alijonov (suratlar), O‘zA