Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
OCHLda ilk tur uchrashuvlari shiddatli o‘tmoqda
09:56 / 2025-09-16

Futbol bo‘yicha Elit Osiyo chempionlar ligasining g‘arbiy mintaqasida umumiy bosqichning birinchi tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Turning ilk kunida 4 ta o‘yin tashkil etildi.

Jumladan, ushbu uchrashuvlarda “Sharja” (BAA) o‘z maydonida “Al-Garafa” (Qatar) ustidan 4:3 hisobida zafar quchgan bo‘lsa, “Al-Vahda” (BAA) va “Al-Ittihod” (Saudiya Arabistoni) o‘rtasidagi o‘yin 2:1 hisobida yakunlandi. “Al-Shorta” (Iroq) hamda “Al-Sadd” (Qatar) to‘qnashuvida 1:1 hisobi qayd etildi.

Mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan “Nasaf” klubi esa Jidda shahridagi "Qirol Abdulla" stadionida "Al-Ahli" jamoasiga qarshi o‘yin o‘tkazdi. Afsuski, ushbu uchrashuvda Qarshi shahri klubi mezbonlarga 4:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Bugun, 16 sentyabr kuni Elit Osiyo chempionlar ligasi umumiy bosqichning birinchi tur uchrashuvlarini “Shabab Al-Ahli” (BAA) — “Traktor” (Eron), “Al-Hilol” (Saudiya Arabistoni)  — “Al-Duxail” (Qatar) klublari o‘rtasidagi o‘yin yakunlab beradi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA