Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
OCHL: “Nasaf” bugun safarda o‘ynaydi
09:25 / 2025-10-21

Futbol bo‘yicha Elit Osiyo chempionlar ligasining g‘arbiy mintaqasida umumiy bosqichning uchinchi tur uchrashuvlari davom etmoqda.

Bugun, 21 oktyabr kuni mazkur tur doirasida mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan “Nasaf” jamoasi safarda BAAning “Shabab al Ahli” jamoasi mehmoni bo‘ladi. Yurtimiz vaqti bilan soat 21:00 da start oladigan ushbu o‘yinda mezbonlar to‘liq qizil rangli libosda, “Nasaf” esa ko‘k rangli sport formasida maydonga tushadi.

Shuningdek, bugun “Al-Hilol” - “Al-Sadd” o‘rtasidagi bahs Elit Osiyo chempionlar ligasining 3-tur o‘yinlarini yakunlab beradi.

Kuni kecha ushbu turda “Al-Ahli” o‘z maydonida “Al-Garafa” klubini 4:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, “Traktor” safarda mezbon “Al Sharja” jamoasini 5:0 hisobida taslim etdi. “Al-Shorta” esa 1:4 hisobida “Al-Ittihod”ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. “Al-Vahda” va “Al-Duxail” o‘rtasidagi bahs 3:1 hisobida o‘z yakuniga yetdi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA