Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
OCHL: "Nasaf" asosiy bosqichga chiqdi
09:18 / 2025-09-01

Ayollar o‘rtasidagi Osiyo chempionlar ligasining dastlabki bosqichida "Nasaf" jamoasi "B" guruhida uchinchi uchrashuvini Tailandning "BG College of Asian Scholars" klubiga qarshi o‘tkazdi.

Qarshidagi "Markaziy" stadionda o‘tgan ushbu o‘yinda "Nasaf"  2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvning 24 daqiqasida Diyoraxon Habibullayeva hisobni ochgan bo‘lsa, 47 daqiqada Lyudmila Karachik hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi. Ikkinchi bo‘limning 90+4 daqiqasida  O.Vayenngoyen mehmonlarning yagona goliga mualliflik qildi.

Shu tariqa, "Nasaf"  klubi “B” guruhida 9 ochko bilan Osiyo chempionlar ligasining guruh bosqichiga yo‘l oldi. "BG College of Asian Scholars" 6 ochko bilan ikkinchi o‘rinda qolib ketdi. “Al Nassr” (Saudiya Arabistoni) esa 3 ochko bilan uchinchi, APF (Nepal) jamoasi ochkosiz 4 pog‘onadan joy egalladi.

Ma’lumot o‘rnida: Osiyo chempionlar ligasining guruh bosqichiga qur’a 11 sentyabr kuni tashlanadi va musobaqa 3 oktyabrdan boshlanadi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA